Muallif: __thecrash__
A. Qadimiy soat
Vaqt limiti: 500 ms Xotira limiti: 64 mb
Minorada joylashgan qadimiy soat mexanizmi bor. Unga bitta son \(n\) kiritilsa, mexanizm uni \(m\) marta ketma-ket "aylantiradi".
Har bir aylanishda quyidagi ikki amal bajariladi:
- Joriy son ikkiga ko'paytiriladi;
- Hosil bo'lgan (har doim juft bo'ladigan) son ikkiga bo'linadi (butun bo'linish).
Ushbu jarayon aynan \(m\) marta takrorlanadi. Sizning vazifangiz — barcha aylanishlardan so'ng hosil bo'ladigan yakuniy sonni topishdan iborat.
Kiruvchi ma'lumotlar
Yagona qatorda ikkita butun son \(n\) va \(m\) beriladi (\(1 \le n \le 10^{18}\); \(1 \le m \le 10^{18}\)) — boshlang'ich son va aylanishlar soni.
Chiquvchi ma'lumotlar
Barcha \(m\) marta aylanishdan so'ng hosil bo'lgan yakuniy sonni chop eting.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
7 3 |
7 |