Muallif: __thecrash__
A. Do'kondagi chegirma
Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb
Bir do'konda mahsulot narxi \(n\) va u sotib olinayotgan miqdor \(m\) berilgan. Do'kon quyidagi qoida bo'yicha chegirma beradi:
- Agar xaridning umumiy summasi \((n \times m)\) \(500 000\) so'mdan katta yoki teng bo'lsa, xaridorga \(15\)% chegirma beriladi.
- Aks holda, chegirma berilmaydi.
Xaridorning narxi va miqdorini bilib, u to'lashi kerak bo'lgan yakuniy summani hisoblab bering.
Kiruvchi ma'lumotlar
Yagona qatorda ikkita butun son beriladi: \(n\) va \(m\) (bo'sh joy bilan ajratilgan).
- \(1 \le n \le 10^6\)
- \(1 \le m \le 1000\)
Chiquvchi ma'lumotlar
Yakuniy summani \(10^{-2}\) xona aniqlikda chiqaring.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
50000 12 |
510000.00 |
2 |
100000 5 |
425000.00 |