Muallif: __thecrash__

A. Sentinel bilan yig'indi

Vaqt limiti: 2000 ms Xotira limiti: 256 mb

Ketma-ket bir nechta butun son kiritiladi — har bir qatorda bittadan. Kiritish jarayoni maxsus tugash belgisi — \(0\) soni kiritilganda tugaydi (\(0\) ning o'zi yig'indiga qo'shilmaydi va bu oxirgi kiritma hisoblanadi). Kiritilgan barcha sonlarning yig'indisini toping.


Kiruvchi ma'lumotlar

Bir nechta qatorda, har birida bitta butun \(n\) son beriladi (\(-1000 \le n \le 1000\)). Ketma-ketlik \(0\) soni kiritilishi bilan tugaydi.


Chiquvchi ma'lumotlar

\(0\) dan oldingi barcha sonlarning yig'indisini chiqaring.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
3
7
-2
0
8
2
0
0
Loading...
Kiruvchi ma'lumot
Dastur javobi
Natijani ko'rish uchun kodni ishga tushiring
Qator 1, Ustun 1 0 / 100