SamDU SIRT Sport dasturlash musobaqasi "Sinov Raund"


A. A + B

Vaqt chegarasi: 2000 ms | Xotira chegarasi: 256 mb

Sizga ikkita butun son \(a\) va \(b\) beriladi. Ularning yig'indisini toping.

Kirish ma'lumotlari

Bitta qatorda ikkita bo'sh joy bilan ajratilgan butun son \(a\) va \(b\) \((1 \le a, b \le 1000)\) beriladi.

Chiqish ma'lumotlari

\(a\) va \(b\) sonlarining yig'indisini chiqaring.

Misollar
# Input.txt Output.txt
1
84 54
138
2
4 -94
-90

B. Raqamlar yig'indisi

Vaqt chegarasi: 2000 ms | Xotira chegarasi: 256 mb

Manfiy bo'lmagan butun son \(n\) berilgan. Uning o'nlik yozuvidagi barcha raqamlarining yig'indisini toping.

Masalan, \(4529\) soni uchun javob \(4+5+2+9=20\) bo'ladi.

Kirish ma'lumotlari

Yagona qatorda butun son \(n\) beriladi (\(0 \le n \le 10^9\)).

Chiqish ma'lumotlari

\(n\) sonining raqamlari yig'indisini chiqaring.

Misollar
# Input.txt Output.txt
1
4529
20
2
10000000
1

C. Yashirin sonni toping

Vaqt chegarasi: 2000 ms | Xotira chegarasi: 256 mb

Kompyuter \(1\) dan \(10^9\) gacha bo'lgan oraliqda bitta yashirin butun son o'yladi. Sizning vazifangiz maxsus so'rovlar yuborish orqali ushbu yashirin sonni eng kam urinishda topishdir.

Muammo shundaki, har bir ortiqcha urinish vaqt yoki resurs sarflaydi — shuning uchun siz ko'pi bilan \(30\) ta so'rov qilishingiz mumkin.

Siz "\(? \,\, x\)" formatida so'rov yuborasiz (\(1 \le x \le 10^9\)), tizim bunga javoban quyidagilardan birini qaytaradi:

  • "\(<\)" — agar yashirin son siz kiritgan \(x\) dan kichik bo'lsa;
  • "\(>\)" — agar yashirin son siz kiritgan \(x\) dan katta bo'lsa;
  • "\(=\)" — agar yashirin son siz kiritgan \(x\) ga teng bo'lsa.

Yashirin sonni aniq topganingizdan so'ng, natijani "\(! \,\, x\)" ko'rinishida chiqarasiz va dasturingiz darhol o'z ishini tugatadi.

Kirish ma'lumotlari

Interaktiv masala — fayllar bilan ishlanmaydi, to'g'ridan-to'g'ri standart oqim (stdin/stdout) orqali muloqot qilinadi.

Har bir so'rov "\(? \,\, x\)" tarzida chiqariladi va albatta flush qilinadi. Yakuniy javob "\(! \,\, x\)" tarzida chiqariladi.

Chiqish ma'lumotlari

Dasturingiz alohida "javob fayli" chiqarmaydi — u faqat "\(?\)" so'rovlarini yuboradi va oxirida "\(! \,\, x\)" bilan yakuniy javobini beradi.

Misollar
# Input.txt Output.txt
1
>
<
=
? 50
? 75
? 62
! 62
Izoh

ESLATMA: Bu — interaktiv masala. Sizning har bir so'rovingiz hakamlar tizimiga darhol yetib borishi uchun, har safar chiqargan qatoringizdan so'ng bufer tozalanishi (flush qilinishi) SHART:

  • C/C++: fflush(stdout);
  • Python: sys.stdout.flush();

Buni bajarmasangiz, dasturingiz to'g'ri fikrlagan bo'lsa ham, javob hakamlarga yetib bormay, Time Limit xatosi bilan yakunlanadi.