Muallif: shoyim
G. Avtoturargoh
Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb
Turargoh tarifi quyidagicha belgilangan:
- Birinchi \(1\) soat — bepul.
- \(2-\)soatdan \(5-\)soatgacha (ya'ni har bir mashina uchun \(2, 3, 4, 5\)-soatlar) — har bir soat uchun \(p\) so'mdan olinadi.
- \(5\) soatdan ortiq turgan mashinalar uchun, \(6-\)soatdan boshlab, har bir keyingi soat yarim narxda (\(p / 2\) so'm) hisoblanadi.
\(n\) ta mashinaning turargohda turgan soatlari berilgan. Har bir mashina uchun to'lov yuqoridagi qoida bo'yicha hisoblanadi, so'ngra barcha mashinalardan yig'ilgan jami tushum topilishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikkita butun son \(n, p\) (\(1 \le n \le 100\), \(2 \le p \le 1000\), \(p\) — juft son) beriladi.
Ikkinchi qatorda \(n\) ta butun son — har bir mashinaning turargohda turgan soatlari \(h_i\) (\(1 \le h_i \le 24\)) beriladi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Yagona qatorda — barcha mashinalardan yig'ilgan jami tushumni chop eting.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
3 200 1 3 8 |
1500 |
2 |
1 2 1 |
0 |