Rasmiy sertifikatlar

SamCoding platformasida musobaqalarda ishtirok etish endi shunchaki tajriba emas, balki hujjatlashtirilgan yutuqqa aylandi.

Har bir rasmiy musobaqa yakunlangach, ishtirokchilarga avtomatik ravishda shaxsiy sertifikat taqdim etiladi:

 

1, 2, 3 — g'olib sertifikatlari va qolgan barcha ishtirokchilar ishtirok etganlik sertifikati bilan taqdirlanadi.

Sertifikatingizni istalgan vaqt profilingizdagi yangi "Sertifikatlar" bo'limidan ko'rish, yuklab olish va ulashish mumkin. Har bir sertifikatda maxsus QR-kod joylashgan — uni skanerlash orqali istalgan kishi ushbu sertifikatning haqiqiyligiga to'liq ishonch hosil qilishi mumkin.

Bu — nafaqat sizning bilimingizni, balki muntazam mehnat va g'alabalaringizni ham rasman tasdiqlovchi hujjat. Uni portfolio, rezyume yoki ijtimoiy tarmoqlarda bemalol qo'llashingiz mumkin.

🎨 Sertifikatlardagi o'rin nishonlari (medallar) dizaynini yaratgan jamoamiz a'zosi shoyim ga alohida rahmat!

📌 Navbatdagi musobaqada SamCoding Round 6 (Div. 3) faol ishtirok eting va navbatdagi sertifikatingizni qo'lga kiriting. 

Muhokamalar (1)

Izoh qoldirasizmi?
1 hafta oldin, Yashirish
0

Judgesi bor foydalanuvchilar diqqatiga!

Yaratgan musobaqangiz yakunlangandan so'ng Sertificatlar bo'limi chiqadi u yerda Tashkilot nomini o'zingizni tashkilotingiz nomiga o'zgartirib ishtirokchilarni sertifikatlarini *.zip ko'rinishida yuklab olishingiz mumkun.

Faqat rasmiy musobaqa sertifikatlari profile bo'limida ko'rinadi.

Navbatdagi musobaqa

Top reyting

# Foydalanuvchi Reyting
1 baxriddinovich_dev 2159
2 diyorbekw 1990
3 darkleo 1990
4 new_user21 1978
5 az1mov__ww 1954

Top hissa reyting