Muallif: shohrux18uz

A. Maxfiy bunker

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 64 mb

Maxfiy bunkerga kirish uchun agent o‘zining yoshi, maxfiy kodi va xavfsizlik darajasini kiritadi.

Bunker quyidagi qoidalarga qat'iy tartibda amal qiladi (birinchi mos kelgan shart qo'llaniladi):

  • Agar maxfiy kod roppa-rosa \(777\) ga teng bo'lsa — bunker ochiladi.
  • Aks holda, agar agentning yoshi \(18\) dan kichik bo'lsa — u hali yosh deb topiladi.
  • Aks holda, agar agentning xavfsizlik darajasi \(5\) dan kichik bo'lsa — kodni qayta tekshirish talab qilinadi.
  • Yuqoridagi shartlarning hech biri bajarilmasa — kirish taqiqlanadi.

Sizning vazifangiz — berilgan uchta qiymat asosida agentga qaysi xabar chiqishini aniqlashdan iborat.


Kiruvchi ma'lumotlar

Yagona qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan uchta butun son \(a, c, l\) beriladi (\(1 \le a \le 100\), \(0 \le c \le 999\), \(1 \le l \le 10\)) — mos ravishda agentning yoshi, maxfiy kodi va xavfsizlik darajasi.


Chiquvchi ma'lumotlar

Masala shartlariga ko'ra quyidagi xabarlardan bittasini chop eting:

  • Bunker ochildi!
  • Sen hali yoshsan!
  • Kuchli agent, kodni tekshiring!
  • Kirish taqiqlangan!

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
25 777 3
Bunker ochildi!
2
15 100 7
Sen hali yoshsan!
3
20 100 3
Kuchli agent, kodni tekshiring!
4
20 100 7
Kirish taqiqlangan!

Yechim yuborish