Muallif: shohrux18uz

B. Maxfiy baza: lazer himoyasi

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 64 mb

Maxfiy bazani lazerli himoya tizimi qo‘riqlaydi. Bazaga yaqinlashgan noma'lum obyektning tezligi, masofasi va signal darajasi beriladi.

Himoya tizimi quyidagi qoidalarga qat'iy tartibda amal qiladi (birinchi mos kelgan shart qo'llaniladi):

  • Agar obyektning tezligi \(900\) dan katta va masofasi \(100\) dan kichik bo'lsa — tizim FIRE holatiga o'tadi.
  • Aks holda, agar tezlik \(500\) dan katta va masofa \(300\) dan kichik bo'lsa — tizim ALERT holatiga o'tadi.
  • Aks holda, agar signal darajasi \(80\) yoki undan ko'p bo'lsa — tizim TRACKING holatiga o'tadi.
  • Yuqoridagi shartlarning hech biri bajarilmasa — tizim SAFE holatiga o'tadi.

Sizning vazifangiz — berilgan uchta qiymat asosida himoya tizimi qaysi holatga o'tishini aniqlashdan iborat.


Kiruvchi ma'lumotlar

Yagona qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan uchta butun son \(s, d, signal\) beriladi (\(0 \le s \le 2000\), \(0 \le d \le 1000\), \(0 \le signal \le 100\)) — mos ravishda obyektning tezligi, masofasi va signal darajasi.


Chiquvchi ma'lumotlar

Himoya tizimining holatini quyidagi qiymatlardan bittasini chop eting:

  • FIRE
  • ALERT
  • TRACKING
  • SAFE

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
950 80 50
FIRE
2
600 200 40
ALERT
3
300 500 85
TRACKING
4
100 800 20
SAFE

Yechim yuborish