Muallif: __thecrash__

C. Raqamsiz klaviatura

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb

Aziz akaning noutbukida klaviaturaning butun raqamlar qatori (\(0\) dan \(9\) gachasi) birdaniga ishlamay qoldi. Ammo unga topshiriq berishgan: \(n\) ta sondan iborat \(a_1, a_2, \dots, a_n\) ro'yxat berilgan, shulardan eng kattasi bilan eng kichigini topib, ularning o'rta arifmetigini (pastga yaxlitlab) hisoblash kerak.

Sizning vazifangiz — Aziz akaga shunday dastur tuzib berinki, dastur kodingizning hech qanday joyida \(0\) dan \(9\) gacha bo'lgan raqam belgilaridan foydalanmang. Agar foydalansangiz, tekshiruvchi dastur kodingizni rad etadi va xatolik xabarini beradi.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son \(n\) — sonlar soni beriladi (\(2 \leq n \leq 10^5\)). Ikkinchi qatorda probel bilan ajratilgan \(n\) ta butun son beriladi \(a_1, a_2, \dots, a_n\) (\(−10^9 \le a_i \le 10^9\)).


Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son chiqaring — ro'yxatdagi eng katta va eng kichik sonlarning o'rta arifmetigini (pastga yaxlitlab).

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
5
3 7 2 9 4
5
2
4
-3 -10 6 1
-2

Yechim yuborish