Muallif: __thecrash__

F. K ga bo'linadigan qism massivlar

Vaqt limiti: 2000 ms Xotira limiti: 256 mb

Sizga \(n\) ta butun sondan iborat \(a[1], a[2], \dots, a[n]\) massiv va \(k\) soni berilgan. Massivning qism massivi deb \(1 \le l \le r \le n\) bo'lgan \(a[l], a[l+1], \dots, a[r]\) ketma-ketligiga aytiladi. Yig'indisi \(k\) ga qoldiqsiz bo'linadigan qism massivlar sonini toping.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son \(n\) (\(1 \le n \le 100000\)) va \(k\) (\(1 \le k \le 10^9\)) beriladi. Ikkinchi qatorda \(n\) ta butun son \(a[1], a[2], \dots, a[n]\) (\(0 \le a[i] \le 10^9\)) beriladi.


Chiquvchi ma'lumotlar

Yagona qatorda — yig'indisi \(k\) ga bo'linadigan qism massivlar sonini chop eting.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
5 3
1 2 3 4 1
4

Izoh

\(k=3\) ga bo'linadigan qism massivlar: \([1,2]=3\), \([1,2,3]=6\), \([2,3,4]=9\), \([3]=3\). Jami 4 ta.

Yechim yuborish