\(n\) ta konteynerdan iborat yuk qatori berilgan, ularning og'irliklari \(a_1, a_2, \dots, a_n\) massivida ko'rsatilgan.
Bu konteynerlarni ketma-ket joylashgan holda, aynan \(m\) ta yuk mashinasiga bo'lib yuklash kerak (har bir mashina konteynerlarning uzluksiz bir bo'lagini oladi, hech qanday konteyner bo'linmaydi va hech biri qoldirilmaydi).
Sizning vazifangiz — mashinalarga shunday taqsimlashni topingki, eng ko'p yuklangan mashinaning og'irligi iloji boricha kichik bo'lsin. Shu minimal qiymatni toping.
Birinchi qatorda ikkita butun son \(n, m\) (\(1 \le m \le n \le 2 \cdot 10^5\)) beriladi.
Ikkinchi qatorda \(n\) ta butun son \(a_1, a_2, \dots, a_n\) (\(1 \le a_i \le 10^9\)) beriladi.
Yagona qatorda — eng ko'p yuklangan mashinaning minimal mumkin bo'lgan og'rligini chop eting.
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
5 3 7 2 5 10 8 |
14 |
2 |
4 2 1 2 3 4 |
6 |
SamCoding Round 4 (Div. 4)