Muallif: shoyim
Vaqt: 1500 ms Xotira: 256 mb Qiyinchiligi: 15 %

#1DB7EEAAF501

B. Kutilgan fragging

Siz raundning oxirgi tirik o'yinchisisiz — klassik \(1vN\) clutch holatidasiz. Qarshingizda n ta dushman qoldi, va siz ular bilan birma-bir, o'zingiz tanlagan tartibda jang qilasiz (masalan, xonalarni birin-ketin tekshirasiz).

i-dushman bilan jangga kirganingizda:
- \(p_i \)% ehtimol bilan siz g'alaba qozonasiz — bu holda \(r_i\) frag-ball olasiz va navbatdagi dushman bilan jangga o'tasiz.
- qolgan ehtimol bilan (100 - \(p_i\))% siz mag'lub bo'lasiz (o'lasiz) — round shu yerda tugaydi, qolgan dushmanlar bilan jang bo'lmaydi va ulardan ball ololmaysiz.

Sizga dushmanlar bilan jang qilish tartibini shunday tanlash kerakki, o'yin oxirida to'playdigan kutilgan (expected) umumiy ball eng katta bo'lsin.


Kiruvchi ma'lumotlar

- 1-qator: \(n (1 ≤ n ≤ 2×10^5)\)
- Keyingi n qatorning har birida: \(p_i, r_i — i\)-dushmanni yengish ehtimoli foizda \((1 ≤ p_i ≤ 100)\) va uni yengish uchun beriladigan frag-ball \((1 ≤ r_i ≤ 10^9)\)


Chiquvchi ma'lumotlar

Optimal tartibda o'ynalganda olinadigan maksimal kutilgan ballni chiqaring \(10^{-6}\) aniqlikda.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
2
50 100
90 10
54.500000
2
2
100 5
50 100
55.000000
3
3
50 100
90 10
20 50
59.000000
4
3
41 467
75 300
41 151
387.639825
Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Oxirgi musobaqa

SamCoding Round 5 (Div. 3)

Natijalarni ko'rish

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 5 (Div. 3)

Natijalar