Vaqt: 1000 ms Xotira: 128 mb Qiyinchiligi: 66 %

#3B764CF087CD

H. Shaxmat

  Ushbu masalada sizga \(8 \times 8\) maydonda bo'lib o'tadigan standart shaxmat o'yinining qaysidur jarayoni beriladi. Bu jarayonda yurish navbati sizga kelib qolgan va usha jarayonda faqatgina bitta yurish bilan raqibni mot qilishingiz kerak bo'ladi.

Misol: Agar siz oq toshlarda o'ynayotgan bo'lsangiz C5 da joylashgan ot ni D7 ga olib o'tish orqali raqibni bir marotaba yurishda mot qilish mumkin (1-test).

Shaxmat tosh donalari quyidagicha belgilanadi: King(shox) - K, Queen(farzin) - Q, Bishop(fil) - B, Knight(ot) - N, Rook(rux) - R va Pawn(piyoda) - P. Oq va qora toshlar mos ravishda katta kichik harflar bilan va bo'sh maydon nuqta bilan ifodalanadi.


Kiruvchi ma'lumotlar

Kirish faylining dastlabki satrida \(k\) (\(0 \le k \le 1\)) butun son ya'ni \(0\) yoki \(1\) bu mos ravishda siz o'yinni qora yoki oq toshlarda davom ettirishingizni anglatadi. Keyin \(8 \times 8\) maydonda o'yin jarayoni tasvirlanadi.


Chiquvchi ma'lumotlar

Siz shunday bir toshni boshqa maydonga kuchirish orqali shoxga hujum qilishingiz kerak netijada shox hujum ostida qolsin. Ko'chirilishi kerak bo'lgan toshning dastlabki va keyingi koordinatasini mos ravishda probil bilan ajratilgan holda (agar bunday yechimlar bir nechta bo'lsa istalganini) chop eting. Yechim mavjudligi kafolatlanadi.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
1
...r....
.pk.....
...pP...
..N.....
........
........
........
..R....K
C5 D7
2
0
....K.R.
.Pp..P.P
....Bb..
..pP....
R.....p.
.......p
....r...
.......k
C7 C8

Izoh

Piyoda harakati siz oq yoki qora toshlarda o'ynashingizdan qati nazar faqat bir tomonlama bo'ladi 2-testga qarang.

Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Oxirgi musobaqa

SamCoding Round 5 (Div. 3)

Natijalarni ko'rish

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 5 (Div. 3)

Natijalar