Muallif: __thecrash__
A. Foiz hisoblash
Vaqt limiti: 2000 ms Xotira limiti: 256 mb
Do'konda mahsulotga chegirma e'lon qilingan. Sizga mahsulotning boshlang'ich narxi va chegirma foizi berilgan. Chegirma summasini va chegirmadan keyingi yakuniy narxni hisoblang.
Chegirma summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
\(D = P \times \frac{R}{100}\)
Yakuniy narx esa:
\(F = P - D\)
Bu yerda: \(P\) — mahsulotning boshlang'ich narxi, \(R\) — chegirma foizi, \(D\) — chegirma summasi, \(F\) — yakuniy narx.
Kiruvchi ma'lumotlar
Yagona qatorda ikkita son beriladi, bo'sh joy bilan ajratilgan holda \(P\) — mahsulotning boshlang'ich narxi (butun son, \(1 \le P \le 10^6\)) va \(R\) — chegirma foizi (butun son, \(0 \le R \le 100\)).
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki qatorda, verguldan keyin aniq 2 ta raqam bilan chiqaring. Birinchi qatorda — chegirma summasi va ikkinchi qatorda — yakuniy narx.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
200000 15 |
30000.00 170000.00 |
2 |
50000 33 |
16500.00 33500.00 |