Muallif: __thecrash__

B. Kalkulyator

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb

Bir kuni Aziz akaning kalkulyatoridagi "\(+\)" tugmasi buzilib qoldi. Endi u ikkita sonni qo'shish kerak bo'lsa ham, bu tugmadan foydalana olmaydi. Aziz akaga yordam bering — dasturingiz ikkita sonning yig'indisini topsin, lekin kodingizda hech qanday joyda "\(+\)" belgisidan foydalanmasligingiz kerak, agar foydalansangiz xatolik xabarini olasiz!


Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda probel bilan ajratilgan ikkita butun son \(a\) va \(b\) beriladi (\(−10^9 \le a, b \le 10^9\)).


Chiquvchi ma'lumotlar

\(a\) va \(b\) ning yig'indisini chiqaring.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
84 54
138
2
4 -94
-90
Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

So'ngi musobaqa

SamCoding Round 7 (Div. 2)

Natijalarni ko'rish

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 7 (Div. 2)

Natijalar

Musobaqa postlari