Muallif: __thecrash__

I. L-R oralig'idagi qism massivlar

Vaqt limiti: 2000 ms Xotira limiti: 256 mb

Sizga \(n\) ta butun sondan iborat \(a[1], a[2], \dots, a[n]\) massiv va ikkita butun son \(L, R\) (\(L \le R\)) berilgan. Massivning qism massivi deb \(1 \le l \le r \le n\) bo'lgan \(a[l], a[l+1], \dots, a[r]\) ketma-ketligiga aytiladi.

Yig'indisi \([L, R]\) oralig'ida (chegaralar bilan birga) yotadigan qism massivlar sonini toping.

Diqqat: massiv elementlari manfiy ham bo'lishi mumkin.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda uchta butun son \(n, L, R\) (\(1 \le n \le 100000\), \(-10^{14} \le L \le R \le 10^{14}\)) beriladi. Ikkinchi qatorda \(n\) ta butun son \(a[1], a[2], \dots, a[n]\) (\(-10^9 \le a[i] \le 10^9\)) beriladi.


Chiquvchi ma'lumotlar

Yagona qatorda — yig'indisi \([L, R]\) oralig'ida bo'lgan qism massivlar sonini chop eting.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
5 1 5
1 -2 3 4 -1
9

Izoh

Yig'indisi \([1, 5]\) oralig'ida bo'lgan qism massivlar: \([1]=1\), \([1, -2, 3]=2\), \([1, -2, 3, 4, -1]=5\), \([-2, 3]=1\), \([-2, 3, 4]=5\), \([-2, 3, 4, -1]=4\), \([3]=3\), \([4]=4\), \([4, -1]=3\). Jami 9 ta.

Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

So'ngi musobaqa

SamCoding Round 7 (Div. 2)

Natijalarni ko'rish

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 7 (Div. 2)

Natijalar

Musobaqa postlari