Muallif: __thecrash__

B. Elektron soat

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb

Bobur xonasiga katta elektron soat osib qo’ydi. Soat vaqtni 24 soatlik formatda \(\text{HH:MM}\) ko’rinishida ko’rsatadi. Bir xonali soat va daqiqalar oldiga nol qo’yiladi, masalan \(\text{07:05}\).

Har bir raqam yetti segmentli indikatorda chiziladi. Har bir raqamni ko’rsatish uchun nechta segment yonishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan:

Soat har bir ko’rsatgan vaqti uchun shu vaqtda yonib turgan segmentlar soniga teng energiya birligi sarflaydi. Masalan, \(\text{12:45}\) vaqti \(2+5+4+5=16\) birlik energiya sarflaydi. 

Bobur soatni \(q\) marta sinab ko'rmoqchi. Har safar soat \(A\) vaqtda yoqiladi va \(B\) vaqt ko'rsatilib bo'lgach o'chiriladi. Ya'ni soat \(A\) dan \(B\) gacha bo'lgan barcha vaqtlarni ketma-ket, ikkala chegarasi bilan birga ko'rsatadi. Agar \(B\) vaqt \(A\) dan oldin kelsa, soat yarim tunda \(\text{23:59}\)  dan \(\text{00:00}\)  ga o'tib, keyingi kunda davom etadi.

Har bir sinov uchun soat qancha energiya sarflaganini toping.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son \(q\) (\(1 \le q \le 10^5\)) — sinovlar soni.

Keyingi \(q\) ta qatorning har birida ikkita vaqt \(A\) va \(B\) \(\text{HH:MM}\) formatida berilgan (\(00 \le \text{HH} \le 23\), \(00 \le \text{MM} \le 59\)).


Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir sinov uchun alohida qatorda bitta son chiqaring: soat sarflagan energiya.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
3
12:45 12:45
23:58 00:01
09:59 10:01
16
87
59
2
1
00:00 00:00
24

Izoh

Birinchi misolda:

  • 1-sinovda soat faqat \(12:45\) ni ko'rsatadi: \(16\) birlik;
  • 2-sinovda soat \(23:58\), \(23:59\), \(00:00\), \(00:01\) ni ko'rsatadi: \(22 + 21 + 24 + 20 = 87\);
  • 3-sinovda \(09:59\), \(10:00\), \(10:01\): \(23 + 20 + 16 = 59\).

Ikkinchi misolda \(A = B\), shuning uchun soat faqat \(00:00\) ni ko'rsatadi: \(6 + 6 + 6 + 6 = 24\).

Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

So'ngi musobaqa

SamCoding Round 8 (Div. 3)

Natijalarni ko'rish

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 8 (Div. 3)

Natijalar