Muallif: __thecrash__
C. Don miqdorlarini saralash
Vaqt limiti: 2000 ms Xotira limiti: 256 mb
Qadimgi bir rivoyatga ko'ra, shaxmat o'yinini ixtiro qilgan dono odam podshohdan g'ayrioddiy mukofot so'raydi: taxtaning birinchi katagiga bitta bug'doy doni, ikkinchisiga ikkita, uchinchisiga to'rttasi — har keyingi katakka oldingisidan ikki baravar ko'p don qo'yishni so'raydi. Podshoh bunga osongina rozi bo'ladi, biroq keyinroq bu sonning naqadar tez o'sib ketishini tushunib qoladi.
Saroy xazinachilari endi turli o'lchamdagi taxtalar uchun kerak bo'ladigan jami don miqdorini allaqachon hisoblab chiqishgan. Bu sonlar juda katta bo'lib ketgan. Sizning vazifangiz — bu sonlarni eng kichigidan eng kattasigacha saralab berishdan iborat.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda bitta butun son \(n\) (\(1 \le n \le 10^5\)) — hisoblangan don miqdorlari soni beriladi.
Keyingi \(n\) qatorning har birida bitta son \(a_i\) beriladi (\(1 \le |a_i| \le 10^5\)). Bu yerda \(|x|\) — \(x\) ning raqamlari soniga teng.
Barcha sonlarning umumiy uzunligi \(10^6\) dan oshmasligi kafolatlanadi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Don miqdorlarini eng kichigidan eng kattasigacha, har birini alohida qatorda chiqaring
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
3 1 10000000000000000000 3 |
1 3 10000000000000000000 |
2 |
5 9 10 350 120 1000 |
9 10 120 350 1000 |