Muallif: __thecrash__

E. Gilam naqshi

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb

Usta Akmal kvadrat gilamlar to'qiydi. Har bir gilam kvadrat kataklardan iborat bo'lib, har bir katak qora yoki oq ip bilan to'qiladi. Usta gilamlarni darajalar bo'yicha to'qiydi.

\(0\)-darajali gilam bitta qora katakdan iborat. \(n\)-darajali gilamni to'qish uchun usta \((n-1)\)-darajali gilamdan \(9\) ta nusxa oladi va ularni \(3 \times 3\) jadval ko'rinishida joylashtiradi. Faqat markazdagi nusxa o'rniga xuddi shu o'lchamdagi butunlay oq kvadrat qo'yiladi. Shunday qilib, \(n\)-darajali gilam \(3^n \times 3^n\) o'lchamli bo'ladi.

Quyidagi rasmda chapdan o'ngga \(0\)-, \(1\)-, \(2\)- va \(3\)-darajali gilamlar ko'rsatilgan:

Gilam qatorlari yuqoridan pastga, ustunlari chapdan o'ngga \(1\) dan \(3^n\) gacha raqamlangan. Ustaning shogirdi \(q\) ta savol berdi: "\(n\)-darajali gilamning \(r\)-qatori va \(c\)-ustunidagi katak qanday rangda?" Har bir savolga javob bering.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son \(q\) (\(1 \le q \le 10^5\)) — savollar soni.

Keyingi \(q\) ta qatorning har birida uchta butun son \(n\), \(r\) va \(c\) berilgan (\(0 \le n \le 30\), \(1 \le r, c \le 3^n\)).


Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir savol uchun alohida qatorda bitta belgi chiqaring: katak qora bo'lsa '#', oq bo'lsa '.' (nuqta).

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
5
1 2 2
1 1 3
2 2 5
2 4 4
2 4 1
.
#
.
.
#
2
2
15 7174454 7174454
15 1 1
.
#

Izoh

Birinchi misoldagi barcha savollarning javobini rasmdan ko'rish mumkin. Masalan, \(2\)-darajali gilamda \((2, 5)\) katak oq, chunki u yuqori o'rtadagi \(1\)-darajali nusxaning markazida joylashgan.

Ikkinchi misolda \(15\)-darajali gilamning o'lchami \(3^{15} = 14348907\). Birinchi savoldagi katak butun gilamning aynan markazida, shuning uchun oq.

Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

So'ngi musobaqa

SamCoding Round 9 (Div. 4)

Natijalarni ko'rish

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 9 (Div. 4)

Natijalar