Muallif: __thecrash__

A. Qorbobo yordamchilari

Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 128 mb

Qishki ta'tilning birinchi kuni hovliga qalin qor yog'di. Bolalar qor odam yasash musobaqasini boshlashdi. Bitta qor odam uchun uchta qor koptok kerak, bitta katta, bitta o'rtacha va bitta kichik. Bundan tashqari, qor odamning ko'kragiga uchta ko'mir tugma qadaladi.

Bolalar \(a\) ta katta, \(b\) ta o'rtacha va \(c\) ta kichik qor koptok yumalatib qo'yishdi, uydan esa \(d\) ta ko'mir olib chiqishdi. Koptoklarning o'lchamini o'zgartirib bo'lmaydi, ya'ni katta koptokni bosh qilib ham, kichigini pastki qism qilib ham ishlatib bo'lmaydi.

Bolalar ko'pi bilan nechta to'liq qor odam yasay olishini aniqlang.


Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda to'rtta butun son \(a\), \(b\), \(c\) va \(d\) (\(0 \le a, b, c, d \le 10^9\)) mos ravishda katta, o'rtacha va kichik qor koptoklar soni hamda ko'mirlar soni.


Chiquvchi ma'lumotlar

Yasash mumkin bo'lgan to'liq qor odamlarning eng ko'p sonini chiqaring.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
5 4 6 12
4
2
10 10 10 7
2
Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.

Navbatdagi musobaqa

Biriktirilgan musobaqa

SamCoding Round 10 (Div. 4)

Natijalar