Muallif: __thecrash__
B. Kitobxon
Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 128 mb
Kutubxonada kitobxonlik tanlovi e'lon qilindi. Jasur ham tanlovda qatnashib, \(n\) betlik qalin sarguzasht kitobini o'qishga qaror qildi.
Birinchi kuni Jasur \(a\) bet o'qidi. Kitob shu qadar qiziqarli ediki, har kuni u oldingi kunga qaraganda \(k\) bet ko'proq o'qiydi. Demak, ikkinchi kuni \(a + k\) bet, uchinchi kuni \(a + 2k\) bet o'qiydi va hokazo. Agar biror kuni kitobning qolgan betlari rejalashtirilganidan kam bo'lsa, Jasur qolgan betlarni o'qib, kitobni tugatadi.
Jasur kitobni nechanchi kuni o'qib tugatishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta butun son \(n\), \(a\) va \(k\) (\(1 \le n, a \le 10^{12}\), \(0 \le k \le 10^{12}\)) mos ravishda kitobdagi betlar soni, birinchi kuni o'qilgan betlar soni va har kungi o'sish.
Chiquvchi ma'lumotlar
Jasur kitobni o'qib tugatadigan kun raqamini chiqaring.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
| 1 |
10 1 1 |
4 |
| 2 |
100 30 0 |
4 |
| 3 |
5 10 3 |
1 |