Endi platformadagi faolligingiz ham reytingda ko'rsatiladi.
Faollik reyting — bu foydalanuvchining platformaga qo‘shayotgan hissasini baholovchi reyting tizimi. Siz yozgan postlar va qoldirgan izohlaringiz boshqa foydalanuvchilar tomonidan baholanadi: yaxshi va foydali kontent +1, salbiy baho esa -1 tarzida faollik reytingizga ta’sir qiladi.
Qancha ko‘p foydali kontent ulashsangiz va sifatli izohlar qoldirsangiz, reytingda shuncha yuqorilaysiz.
Har bir post e’tibordan chetda qolmaydi.
Platforma yartuvchilari tomonidan yaratilgan kontentlar ko‘rib chiqiladi va eng sifatli hamda foydali postlar rasmiy postlar safiga qo‘shilishi mumkin.
Bundan tashqari, har bir post ostida izoh qoldirish imkoniyati mavjud. Izohlar ham foydaliligi va sifatiga qarab baholanadi va foydalanuvchining faollik reytingiga qo‘shiladi yoki ayriladi.
Bu reytingning maqsadi — shunchaki ko‘proq post yozish emas, balki platformaga haqiqiy hissa qo‘shadigan foydalanuvchilarni ajratib ko‘rsatish.
Assalom-u alaykum! Anchadan beri kutgan edim. Juda yaxshi, foydali ish bo'libdi!