Muallif: __thecrash__
Vaqt: 1000 ms | Xotira: 64 mb

A. Halqa o'yini

Stolda \(n\) ta askar doira shaklida joylashgan va soat yo'nalishi bo'yicha \(1\) dan \(n\) gacha raqamlangan. O'yin quyidagicha o'tkaziladi: \(1\)-raqamli askardan boshlab soat yo'nalishi bo'yicha sanaladi va har safar navbatdagi \(k\)-inchi askar doiradan chetlashtiriladi. Chetlashtirilgan askar hisobga olinmaydi, sanash chetlashtirilmagan askarlar orasida davom etadi. Bu jarayon doirada faqat bitta askar qolguncha davom etadi.

Oxirigacha qolgan (g'olib bo'lgan) askarning boshlang'ich raqamini toping.


Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son \(n\) va \(k\) beriladi (\(1 \le n \le 10^6, 1 \le k \le 10^9\)) — askarlar soni va har safar chetlashtiriladigan askarning tartib raqami.


Chiquvchi ma'lumotlar

G'olib bo'lgan askarning boshlang'ich raqamini chop eting.

Misollar

# Input.txt Output.txt
1
7 3
4
2
5 2
3

Yechim yuborish