Sizga \(n\) ta butun sondan iborat \(a_1, a_2, \dots, a_n\) massiv beriladi (o'sish tartibida joylashgan). Shuningdek, sizga \(t\) ta so'rov beriladi. Har bir so'rovda bitta \(q\) soni berilib — massivda shu son bor yoki yo'qligini aniqlashingiz talab etiladi.
Birinchi qatorda ikkita butun son \(n\) va \(t\) beriladi (\(1 \le n, t \le 2 \times 10^5\)).
Ikkinchi qatorda \(n\) ta butun son \(a_1 < a_2 < \dots < a_n\) beriladi (\(-10^9 \le a_i \le 10^9\)).
Keyingi \(t\) ta qatorning har birida bitta butun son \(q\) beriladi (\(-10^9 \le q \le 10^9\)) — qidirilayotgan son.
Har bir so'rov uchun alohida qatorda, agar \(q\) soni massivda mavjud bo'lsa "YES", aks holda "NO" deb chop eting.
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
6 9 1 3 5 7 9 11 1 2 3 4 5 6 7 8 9 |
YES NO YES NO YES NO YES NO YES |