Siz raundning oxirgi tirik o'yinchisisiz — klassik \(1vN\) clutch holatidasiz. Qarshingizda n ta dushman qoldi, va siz ular bilan birma-bir, o'zingiz tanlagan tartibda jang qilasiz (masalan, xonalarni birin-ketin tekshirasiz).
i-dushman bilan jangga kirganingizda:
- \(p_i \)% ehtimol bilan siz g'alaba qozonasiz — bu holda \(r_i\) frag-ball olasiz va navbatdagi dushman bilan jangga o'tasiz.
- qolgan ehtimol bilan (100 - \(p_i\))% siz mag'lub bo'lasiz (o'lasiz) — round shu yerda tugaydi, qolgan dushmanlar bilan jang bo'lmaydi va ulardan ball ololmaysiz.
Sizga dushmanlar bilan jang qilish tartibini shunday tanlash kerakki, o'yin oxirida to'playdigan kutilgan (expected) umumiy ball eng katta bo'lsin.
- 1-qator: \(n (1 ≤ n ≤ 2×10^5)\)
- Keyingi n qatorning har birida: \(p_i, r_i — i\)-dushmanni yengish ehtimoli foizda \((1 ≤ p_i ≤ 100)\) va uni yengish uchun beriladigan frag-ball \((1 ≤ r_i ≤ 10^9)\)
Optimal tartibda o'ynalganda olinadigan maksimal kutilgan ballni chiqaring \(10^{-6}\) aniqlikda.
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
2 50 100 90 10 |
54.500000 |
2 |
2 100 5 50 100 |
55.000000 |
3 |
3 50 100 90 10 20 50 |
59.000000 |
4 |
3 41 467 75 300 41 151 |
387.639825 |