Muallif: __thecrash__
B. Elektron soat
Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb
Bobur xonasiga katta elektron soat osib qo’ydi. Soat vaqtni 24 soatlik formatda \(\text{HH:MM}\) ko’rinishida ko’rsatadi. Bir xonali soat va daqiqalar oldiga nol qo’yiladi, masalan \(\text{07:05}\).
Har bir raqam yetti segmentli indikatorda chiziladi. Har bir raqamni ko’rsatish uchun nechta segment yonishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan:

Soat har bir ko’rsatgan vaqti uchun shu vaqtda yonib turgan segmentlar soniga teng energiya birligi sarflaydi. Masalan, \(\text{12:45}\) vaqti \(2+5+4+5=16\) birlik energiya sarflaydi.
Bobur soatni \(q\) marta sinab ko'rmoqchi. Har safar soat \(A\) vaqtda yoqiladi va \(B\) vaqt ko'rsatilib bo'lgach o'chiriladi. Ya'ni soat \(A\) dan \(B\) gacha bo'lgan barcha vaqtlarni ketma-ket, ikkala chegarasi bilan birga ko'rsatadi. Agar \(B\) vaqt \(A\) dan oldin kelsa, soat yarim tunda \(\text{23:59}\) dan \(\text{00:00}\) ga o'tib, keyingi kunda davom etadi.
Har bir sinov uchun soat qancha energiya sarflaganini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda bitta butun son \(q\) (\(1 \le q \le 10^5\)) — sinovlar soni.
Keyingi \(q\) ta qatorning har birida ikkita vaqt \(A\) va \(B\) \(\text{HH:MM}\) formatida berilgan (\(00 \le \text{HH} \le 23\), \(00 \le \text{MM} \le 59\)).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har bir sinov uchun alohida qatorda bitta son chiqaring: soat sarflagan energiya.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
3 12:45 12:45 23:58 00:01 09:59 10:01 |
16 87 59 |
2 |
1 00:00 00:00 |
24 |
Izoh
Birinchi misolda:
- 1-sinovda soat faqat \(12:45\) ni ko'rsatadi: \(16\) birlik;
- 2-sinovda soat \(23:58\), \(23:59\), \(00:00\), \(00:01\) ni ko'rsatadi: \(22 + 21 + 24 + 20 = 87\);
- 3-sinovda \(09:59\), \(10:00\), \(10:01\): \(23 + 20 + 16 = 59\).
Ikkinchi misolda \(A = B\), shuning uchun soat faqat \(00:00\) ni ko'rsatadi: \(6 + 6 + 6 + 6 = 24\).