Muallif: __thecrash__
G. Bayram chiroqlari
Vaqt limiti: 1000 ms Xotira limiti: 256 mb
Samarqandda bayram arafasi! Shahar hokimligi Registon maydonidan boshlanuvchi uzun xiyobonga \(n\) ta chiroq o'rnatdi. Chiroqlar chapdan o'ngga \(1\) dan \(n\) gacha raqamlangan va dastlab hammasi yonib turibdi.
Shahar elektrigi Jasur aka bayram kechasi davomida markazdan ketma-ket \(q\) ta buyruq oladi. Har bir buyruq uchta son bilan beriladi: \(l\), \(r\) va \(k\).
- Agar \(k = 1\) bo'lsa — tejamkorlik buyrug'i: \(l\) dan \(r\) gacha (ikkala chegara ham kiradi) bo'lgan barcha chiroqlar o'chiriladi. Ulardan ba'zilari avval o'chiq bo'lgan bo'lsa ham, o'chiqligicha qoladi.
- Agar \(k = 2\) bo'lsa — tantana buyrug'i: \(l\) dan \(r\) gacha bo'lgan barcha chiroqlar yoqiladi. Ulardan ba'zilari avval yonib turgan bo'lsa ham, yonib turaveradi.
Hokim har bir buyruqdan keyin xiyobonda nechta chiroq yonib turganini bilmoqchi. Jasur akaga yordam bering!
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda bitta butun son \(n\) — chiroqlar soni, ikkinchi qatorda bitta butun son \(q\) — buyruqlar soni (\(1 \le n \le 10^9\), \(1 \le q \le 3 \cdot 10^5\)).
Keyingi \(q\) ta qatorning \(i\)-sida uchta butun son \(l_i\), \(r_i\) va \(k_i\) berilgan — \(i\)-buyruq (\(1 \le l_i \le r_i \le n\), \(1 \le k_i \le 2\)).
Chiquvchi ma'lumotlar
\(q\) ta butun son chiqaring. \(i\)-son birinchi \(i\) ta buyruq bajarilgandan keyin yonib turgan chiroqlar soniga teng bo'lishi kerak. Har bir sonni alohida qatorga chiqaring.
Misollar
| # | Input.txt | Output.txt |
|---|---|---|
1 |
10 5 3 5 1 1 2 1 4 8 2 9 9 1 1 9 2 |
7 5 7 6 10 |
2 |
7 4 2 6 1 3 4 2 1 7 1 5 5 2 |
2 4 0 1 |