Muallif: Обид Синдаров
Vaqt: 1000 ms Xotira: 64 mb
15

Yaxlitlash

Azimjonda manfiy bo'lmagan $n$ butun soni bor. U bu sonni oxiri $0$ bilan tugaydigan eng yaqin butun songacha yaxlitlamoqchi. Agar $n$ sonining oxirgi raqami $0$ bilan tugaydigan son bo'lsa, Azimjon uni yaxlitlangan deb hisoblaydi.

Agar $n$ sonidan oxiri $0$ bilan tugaydigan ikkita eng yaqin songacha bo‘lgan masofa bir xil bo‘lsa (masalan, $n = 5$ bo‘lganda $0$ va $10$ gacha masofa teng), u holda kichikroq sonni tanlash talab etiladi.

Sizning vazifangiz $n$ sonining yaxlitlash natijasini aniqlashdan iborat.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi satrda bitta butun son $n$ ($0 \le n \le 10^9$) — Azimjon yaxlitlamoqchi bo'lgan son beriladi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Azimjonning yaxlitlash natijasini chiqaring. E'tibor bering, ba'zi hollarda javob bir nechta bo'lishi mumkin. Bunday hollarda eng kichigini chiqaring.

Misollar

# Input TXT Output TXT
1
5
0
2
113
110

Izoh

Birinchi namuna testda, $5$ ga eng yaqin nolli sonlar $0$ va $10$. Masofalar teng bo'lgani uchun shartga ko'ra kichigi — $0$ olinadi.

Ikkinchi namuna testda, $113$ soni uchun $110$ gacha masofa $3$ ga, $120$ gacha esa $7$ ga teng. Eng yaqini — $110$ olinadi.

Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.