Yaqinda Azizbek yapon krossvordi nima ekanligini bilib oldi. Yapon krossvordi — bu $a \times b$ o'lchamli katakchalardan iborat jadval bo'lib, har bir katak oq, yo qora rangga bo'yalgan bo'ladi. Satrlarning chap tomonida va ustunlarning yuqori qismida ushbu satr yoki ustunni shifrlaydigan sonlar ko'rsatiladi. Sonlar miqdori mos satr yoki ustunda nechta qora katakchalar guruhi borligini, sonlarning o'zi esa har bir guruhda ketma-ket kelgan qora katakchalar sonini bildiradi.
Azizbek yapon krossvordining umumiy holatini juda murakkab deb hisobladi va $n$ ta katakdan iborat bitta satrni (ya'ni $1 \times n$ o'lchamli yapon krossvordini) chizdi. U ushbu satrni yapon krossvordidagi kabi sonlar bilan shifrlamoqchi.

Yapon krossvordi satrini shifrlashga misol.
Azizbekka u chizgan krossvord satrini shifrlovchi sonlarni topishda yordam bering.
Birinchi satrda bitta butun musbat son $n$ ($1 \le n \le 100$) — satr uzunligi beriladi.
Ikkinchi satrda $n$ ta belgidan iborat satr beriladi. Satr faqat 'B' (qora katak) va 'W' (oq katak) belgilaridan tashkil topgan.
Birinchi satrda bitta butun musbat son $k$ — satrdagi qora katakchalar guruhlari sonini chiqaring.
Ikkinchi satrda esa ushbu guruhlarning uzunliklarini bildiruvchi $k$ ta butun sonni chapdan o'ngga tartibda, bo'sh joy bilan ajratilgan holda chiqaring. Agar satrda qora katakchalar bo'lmasa, faqat $0$ sonini chiqarish.
| # | Input TXT | Output TXT |
|---|---|---|
| 1 |
5 BWBWB |
3 1 1 1 |
| 2 |
4 WWWW |
0 |
| 3 |
13 WBBBBWWBWBBBW |
3 4 1 3 |