Muallif: Обид Синдаров
Vaqt: 2000 ms Xotira: 64 mb
15

Teskari tartib

Sizga $S$ satri beriladi. Sizning vazifangiz ushbu satrdagi faqat kichik lotin harflarining ($a-z$) tartibini teskari ko‘rinishga keltirishdir. Bunda raqamlar, katta lotin harflari va boshqa barcha maxsus belgilar (simvollar) o‘z o‘rnida o‘zgarmasdan qolishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Kirish faylining yagona satrida uzunligi $10^5$ dan oshmaydigan $S$ satri beriladi. Satr tarkibida ASCII jadvalidagi istalgan ko‘rinadigan belgilar bo‘lishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Chiqish faylida shartni qanoatlantiruvchi o‘zgartirilgan satrni chop eting.

Misollar

# Input TXT Output TXT
1
a1b2c
c1b2a
2
Ab-cd-ef!
Af-ed-cb!

Izoh

Ikkinchi misolda faqat $\text{b}$, $\text{c}$, $\text{d}$, $\text{e}$, $\text{f}$ harflari kichik lotin harflari hisoblanadi. Ularni teskari tartibda yozsak $\text{f}$, $\text{e}$, $\text{d}$, $\text{c}$, $\text{b}$ hosil bo‘ladi. Katta $\text{A}$ harfi, chiziqchalar $\text{-}$ va undov belgisi $\text{!}$ o‘z joyida qoladi.
Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.