Azimjonda manfiy bo'lmagan $n$ butun soni bor. U bu sonni oxiri $0$ bilan tugaydigan eng yaqin butun songacha yaxlitlamoqchi. Agar $n$ sonining oxirgi raqami $0$ bilan tugaydigan son bo'lsa, Azimjon uni yaxlitlangan deb hisoblaydi.
Agar $n$ sonidan oxiri $0$ bilan tugaydigan ikkita eng yaqin songacha bo‘lgan masofa bir xil bo‘lsa (masalan, $n = 5$ bo‘lganda $0$ va $10$ gacha masofa teng), u holda kichikroq sonni tanlash talab etiladi.
Sizning vazifangiz $n$ sonining yaxlitlash natijasini aniqlashdan iborat.
| # | Input TXT | Output TXT |
|---|---|---|
| 1 |
5 |
0 |
| 2 |
113 |
110 |
Birinchi namuna testda, $5$ ga eng yaqin nolli sonlar $0$ va $10$. Masofalar teng bo'lgani uchun shartga ko'ra kichigi — $0$ olinadi.
Ikkinchi namuna testda, $113$ soni uchun $110$ gacha masofa $3$ ga, $120$ gacha esa $7$ ga teng. Eng yaqini — $110$ olinadi.