Muallif: Обид Синдаров
Vaqt: 1000 ms Xotira: 256 mb
15

Maxfiy kalit tekshiruvi

Kriptografik tizimlarda xavfsizlikni ta'minlash uchun ko'pincha tub sonlardan foydalaniladi. Sizga tizimga kirish uchun maxfiy $p$ soni yuborildi. Agar bu son tub bo'lsa, tizimga kirishga ruxsat beriladi, aks holda ruxsat etilmaydi.

Berilgan $p$ soni tub ekanligini aniqlang.
(Eslatma: 1 dan katta, faqat 1 ga va o'ziga bo'linadigan natural son tub son hisoblanadi).


Kiruvchi ma'lumotlar

Yagona qatorda bitta butun son $p$ ($1 \le p \le 10^6$) beriladi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Agar $p$ soni tub bo'lsa $yes$, aks holda $no$ so'zini chiqaring.

Misollar

# Input TXT Output TXT
1
1
no
2
5
yes
Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.