Muallif: Обид Синдаров
Vaqt: 2000 ms Xotira: 256 mb
15

Yangi daraja

Yirik IT kompaniyadagi xodimlarning malaka darajalari $1$ dan $n$ gacha bo'lgan natural sonlar bilan belgilanadi. Bunda $1$ – eng quyi daraja, $n$ – eng yuqori daraja.

Xodim $i$-darajadan $(i+1)$-darajaga ko'tarilishi uchun roppa-rosa $d_i$ yil ishlashi talab etiladi. Darajalarni tashlab o'tish (sakrash) mumkin emas.

Sardor endigina $a$-darajaga ko'tarildi, lekin u $b$-darajaga yetishni maqsad qilgan. Sardor o'z maqsadiga yetishi uchun kompaniyada yana necha yil ishlashi kerakligini aniqlang.


Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son $n$ ($2 \le n \le 100$) beriladi. Ikkinchi qatorda $n - 1$ ta butun son $d_i$ ($1 \le d_i \le 100$) beriladi. Uchinchi qatorda ikkita butun son $a$ va $b$ ($1 \le a < b \le n$) beriladi. Qatorlardagi sonlar probel bilan ajratilgan.

Chiquvchi ma'lumotlar

Sardor $a$-darajadan $b$-darajaga yetishi uchun talab etiladigan yillar sonini yagona butun son sifatida chiqaring.

Misollar

# Input TXT Output TXT
1
3
5 6
1 2
5
2
3
5 6
1 3
11

Izoh

Birinchi misolda Sardor $1-$darajadan $2-$darajaga ko'tarilishi kerak. Buning uchun faqat $d_1$ davri talab qilinadi. Shartga ko'ra $d_1 = 5$. Demak, talab etiladigan vaqt: $5$.

Ikkinchi misolda Sardor $1-$darajadan $3-$darajaga ko'tarilishi kerak. Buning uchun u avval $1-$darajadan $2-$darajaga ($d_1 = 5$ yil), so'ngra $2-$darajadan $3-$darajaga ($d_2 = 6$ yil) ishlashi zarur. Umumiy vaqt: $5 + 6 = 11$ yil. 

Yechim yuborish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting.