📢 SamDU SIRT institut talabalari uchun maxsus Sport dasturlash musobaqasi!
Algoritmlash va dasturlash bo'yicha o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchimisiz? Unda ushbu musobaqa aynan siz uchun! Musobaqa ikki bosqichda o'tkaziladi:
- 1-bosqich (Onlayn saralash): 29-sentabr, soat 10:00–13:00 oralig'ida platformamizda masofadan turib o'tkaziladi (6-7 ta masala, 3 soat). Saralash natijasiga ko'ra eng yaxshi 30 nafar ishtirokchi finalga yo'l oladi.
- 2-bosqich (Oflayn final): 2-oktabr kuni SamDU kompyuter xonasida bo'lib o'tadi (8-10 ta masala, 4 soat).
Mukofotlar jamg'armasi:
Top-10 g'oliblarni taqdirlash uchun qimmatbaho sovg'alar ajratilgan.
Ro'yxatdan o'tish:
Google Forma orqali ro'yxatdan o'tish 22-sentabrdan 28-sentabrgacha amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tishdan oldin platformamizda o'z akkauntingiz bo'lishi va forma ko'rsatmalariga amal qilishingiz shart.
28-sentabr kuni ishtirokchilar uchun 1 soatlik ixtiyoriy sinov raundi o'tkaziladi.
Batafsil ma'lumot va e'lonlarni universitetimiz kanallarida kuzatib boring! 🚀🚀🚀





