Men haqimda

Muallif: diyorbekw, 2 hafta oldin

Assalomu alaykum, mening ismim Xolmurodov Diyorbek. Deyarli hamma joyda "diyorbekw" yoki "xdiyorbekw" nickname'ni ishlataman. 

Dasturlashga kirib kelganimga 3 yil bo'lgan. Boshida backend developing bilan shug'illandim. Django yordamida websitelar uchun admin panel yaratish, DRF va FastAPI bilan API yaratish va serverga deploy qilishni o'rgandim.

2026 - yilgi informatika fanidan 8 - sinfligimda Al-Xorazmiy olimpiadasiga qatnashib ko'rdim. Shahar bosqichida birinchi o'rinni qo'lga kiritdim (Navoiy shahri), lekin viloyat bosqichidan o'ta olmadim. Shundan keyin CPga tayyorlanishni boshladim. Hozirda CP ustozim Nurbaxsh Avezmurodov va asosiy olimpiadaga tayyorlanyapman.

Competitive Programmingdan tashqari Data Science va Machine Learningni ham o'rganyapman. IOAI saralashining yakuniy bosqichida 11 o'rinni oldim va xalqaro olimpiadaga chiqa olmadim. Keyingi yil chiqsam post qilaman)

Maqsadim IOAI (Xalqaro Sun'iy Intellekt olimpiadasi)da oltin medal qo'lga kiritish. Shu bilan birgalikda algoritm bo'yicha bilimlarimni ham kuchaytirib boryapman.

Muhokamalar (0)

Izoh qoldirasizmi?

Izohlar yo'q

Navbatdagi musobaqa

Top reyting

# Foydalanuvchi Reyting
1 baxriddinovich_dev 2159
2 diyorbekw 1990
3 darkleo 1990
4 new_user21 1978
5 az1mov__ww 1954

Top hissa reyting